Sport yulduzlari hayotining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati
Блог им. sanobar-jspiBevosita sport natijalari haqida fikr yuritilsa, sobiq ittifoq davrida jahon va olimpiya o’yinlarining chempionlari sport yulduzlari hisoblanadi. Ular orasida Valeriy Brumel (balandlikka sakrashdan perekat usuli bilan 2 m 28 sm – jahon rekordi), Alekseyev, Jabotinskiy (shtanga), V.Muratov, A.Chukarin, B.Shaxmen, A.Azaryan, S.Muratova, O.Karbut (sport gimnastikasi), futbol, xokkey kabi sport jamoalarining o’yinchilari o’z vaqtida jahonga mashhur edi. Bu kabi sportchilarni eslasa ularning soni bir necha yuzga yetadi. Ular orasida O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston (Zebo Rustamova, kamondan nayza otish) va Markaziy Osiyoning boshqa sportchilari ham bor edi.