avatar
Куч
0.40
Рейтинг
+0.16

Umarova Sanobar Ibrohimovna

Мақолалар

Sport yulduzlari hayotining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati

Блог им. sanobar-jspi

           Bevosita sport natijalari haqida fikr yuritilsa, sobiq ittifoq davrida jahon va olimpiya o’yinlarining chempionlari sport yulduzlari hisoblanadi. Ular orasida Valeriy Brumel (balandlikka sakrashdan perekat usuli bilan 2 m 28 sm – jahon rekordi), Alekseyev, Jabotinskiy (shtanga), V.Muratov, A.Chukarin, B.Shaxmen, A.Azaryan, S.Muratova, O.Karbut (sport gimnastikasi), futbol, xokkey kabi sport jamoalarining o’yinchilari o’z vaqtida jahonga mashhur edi. Bu kabi sportchilarni  eslasa ularning soni bir necha yuzga yetadi. Ular orasida O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston (Zebo Rustamova,  kamondan nayza otish) va Markaziy Osiyoning boshqa sportchilari ham bor edi.



Maktab bolalarida jismoniy madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillari

Блог им. sanobar-jspi

Kichik yoshlikdan jismoniy madaniyatga o’rgatish va odatlantirish hozirgi davr muammolaridan biridir.


 


Inson tarbiyasida, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarning sog’lom o’sishida jismoniy madaniyat vositalarining turlari, mazmuni va nazariy amaliy mohiyatlarini aholining ijtimoiy turmushiga keng hamda chuqur singdirish masalalari haqida mulohazalar bildirish ishning maqsadi hisoblanadi. Bu yo’lda esa bolalarni maktabga tayyorlashda oila va bolalar tarbiyasi muassasalarida jismoniy madaniyatning muhim tomonlarini qo’llash uchun ba’zi tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.


 



O’zbek kurashi jaxon sporti durdonasi

Блог им. sanobar-jspi

 


Vatan, xalq va millatni dunyoga tanitishda, yoshlar tarbiyasida sportning o’rni beqiyosdir. Jaxon miqyosidagi ko’plab nufuzli musobaqalarida o’zbek sportchilari erishayotgan g’alabalar bu xaqiqatni tasdiqlab turibdi. Sport kishini nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga yetishishda ham muxim  ahamiyatga ega. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishga o’rgatadi. Inson qalbida g’alabaga ishonch, g’urur va iftixor tuyg’ularini tarbiyalaydi. Sport bugungi kun jamiyatining ajralmas tarkibiy qismiga va umumbashariy qadriyatiga aylandi. Sport olamida juda ko’plab sport turlari mavjud bulib, ularning paydo bo’lishi tarixi albatta qaysi bir xalqqa yoki millatga tegishli hisoblanadi. Bugun jahon nigoxiga tushib, dovrug’ va shuhrat qozanayotgan, millionlarni o’ziga maxliyo etgan kurash ham o’zbek milliy sporti bulib umuminsoniy yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri sifatida shakllandi va o’zining chuqur tarixiy ildizlariga ega ekanligini isbotladi. Olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlari  natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurashning yoshi kamida 2,500-3000 yildan ziyodligini isbotladi.   



Bolalar jismoniy madaniyati va sporti ta’limi muammolarining yechimi

Блог им. sanobar-jspi

          Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyatning ilmiy-nazariy va uslubiy mohiyatlarini o’rganish va unda mutaxassis kadrlarning ish faoliyatini takomillashtirish yo’llarini o’rganish tadqiqotimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu asosda quyidagi vazifalarni o’z oldimizga qo’ydik: